Косонсой туманида “Сайхунобод тажрибаси” доирасида аҳолини яхши яшашга, томорқадан самарали фойдаланиб, даромадли бўлишига замин яратилмоқда.

Туманнинг барча ҳудудларида аҳоли бандлигини таъминлаш, уйда турган ҳолда даромад топишларига кўмаклашиш, маҳаллаларни маълум бир соҳага ихтисослаштириш чоралари кўрилмоқда.

Хусусан, “Боғ кўча” маҳалласида яшовчи Шаҳзодахон Дарвешова ҳам томорқадан мақсадли фойдаланиб, гулчилик билан шуғулланиб қўшимча даромад топаётган хонадон соҳибларидан бири. Шунингдек, у ўз хонадонида оила даромадини оширишга хизмат қилувчи парранда, ҳайвон парваришлаш орқали ҳам рўзғорини обод этмоқда.

Косонсой туман ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Бугун, Косонсой тумани ҳокими, 1-сектор раҳбари Дилмурод Қодиров, туман ҳокимининг ўринбосарлари “Ўзбекистон” маҳалласи аҳолисини қийнаб келаётган муаммоларини ҳал этиш юзасидан тасдиқланган режа-жадвалга асосан "Ўзбекистон" маҳалла фуқаролар йиғини идорасида сайёр қабул ўтказди.

Қабулда фуқаролар томонидан бандлик, уй-жой, кадастр, кредит, коммунал-хўжалик, тадбиркорлик, моддий ёрдам, соғлиқни сақлаш ва бошқа масалаларда ёрдам сўраб мурожаат қилинди.

Ҳар бир бир мурожаат атрофлича муҳокама этилиб, масъулларга йўналтирилиб, айримлари жойида ҳал этилди.

Men turmush o`rtog`im bilan 20 yildan buyon yashab kelmoqda edim Oilaviy munosabatlarda kelishmovchilik  bo`lganligi uchun nikohni tugatish uchun sudga murojat qildik, lekin sud  bizning  nikohimizni xaqiqiy emas deb topibdi. Nikohni haqiqiy emas deb topishga nimalar asos bo`ladi? Mavzusida, Yuridik markaz hodimlariga  savollar kelmoqda.

 

Nikohni haqiqiy emas deb topish uchun bir nechta asoslari mavjud. O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining  49-moddasiga ko`ra, qonunda belgilangan shartlar buzilganda,  ya`ni, nikoh tuzishning ixtiyoriyligi(O.K. 14modda), belgilangan yoshi buzilganda( O.K. 15 modda ), nikohga monelik qiladigon holatlar ro`y berganda (O.K. 16 moddasi) , soxta nikoh tuzilganda (O.K. 54-modda), ya`ni er-xotin  yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko`zlamay  nikoh qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxlardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi borligini ikkinchisidan  yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, Majburlab tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish (O.K.53-modda), uchun asos bo`ladi.

Bundan tashqari nikoh quyidagi holatlar bo`yicha ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin. A) yakka nikohlik buzilganda. B) nikoh nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ushgan  va o`gay aka-ukalarbilan opa singillar o`rtasida tuzilgan nikoh. S) nikoh farzandlikka olgan shaxs bilan – farzandlikka olingan shaxslar o`rtasida tuzilganda. D) Nikohdan o`tish vaqtida oila qurish soxta bo`lsa masalan,  ikkinchi tomonning mol-mulk va boylikka ega bo`lish ilinji. V)  nikoh muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan bo`lsa.

Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Yuqoridagi asoslar mavjudligi  Fuqarolik Sudi tomonidan aniqlanganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun Oila Kodeksda belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tug‘ilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolalarning huquqlariga ta’sir etmaydi.

Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi. Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.

Kosonsoy tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshyuristkonsuli

                                      J.K. Akramov

Men Xususiy korxonada mehnat faoliyatimni olib boraman. Eshtishimcha  xususiy tashkilotda ishlagan xodimlar Homiladorlik va tug`ish ta`tiligi chiqganda ta`til puli davlat tomonidan to`lanar ekan? Mavzusida, Yuridik markaz hodimlariga  savollar kelmoqda.

Hukumat 20.09.2022-yil kungi 515-son qarori qabul qilindi va qaror bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilandi.

Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal isteʼmol xarajatlari (498 000 soʻm)ning 4 baravari (1 mln 992 ming soʻm) miqdorda beriladi.

Shunga koʻra, yuridik shaxslarning nafaqa toʻlash majburiyati Jamgʻarma hisobidan toʻlangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va maʼlumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi.

 “Yagona reyestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning    10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi.

 

Kosonsoy tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshyuristkonsuli

                                      R. A. Rajabov

Мен турмиш ўртоғим билан шарьий никохдан ўтганма. Бизнинг бир нафар фарзандимиз бор. Шаръий никоҳдаги фарзандга ҳам алимент ундирса бўладими? Мавзусида, Юридик марказ ҳодимларига  саволлар келмоқда

Оила кодексининг 62-моддасига асосан ўзаро никоҳда бўлмаган ота-онадан бола туғилган тақдирда, ота-онанинг биргаликдаги аризаси ёки бола отасининг аризаси бўлмаса суд тартибида белгиланади.

Бунда оталикни белгилаётганда суд боланинг онаси бола туғилишига қадар жавобгар билан бирга яшаганлиги ва умумий рўзғор юритганлиги ёки улар болани биргаликда тарбиялаганликлари ёхуд таъминлаб турганликларини ёки жавобгарнинг оталикни тан олганлигини аниқ тасдиқловчи бошқа далилларни эътиборга олади.

Шунга кўра сиз ҳам бу ҳолатда фарзандингизга оталикни белгилатиш керак бўлади.

Алимент масаласига келсак, маълумки, Оила кодекси 96-моддасига мувофиқ ҳар бир ота-она фарзанди учун алимент тўлашга мажбур ҳисобланади. Бу ва бундан кейинги нормаларда алиментнинг вояга етмаган фарзанд учун (айрим ҳолатларда вояга етганлари учун ҳам) белгиланган.

Бунда қонун чиқарувчи эр-хотиннинг қонуний ёки шаръий никоҳдалиги эмас, балки боланинг шу ота-онадан туғилганлигини фактини асос қилиб олади.

 Соддароқ айтганда бир уйда қонуний ёки шаръий никоҳ асосида яшаб туриб ҳам алимент ундириш мумкин. Бунда энг асосийси бола алимент ундириш сўралган ота ёки онадан туғилганлигини тасдиқловчи далиллар (туғилганлик ҳақидаги гувоҳномадаги ота-она ҳақидаги ёзувлар ёки суднинг қарори) бўлиши кифоя.

Юқоридаги кодекс 136-моддасига мувофиқ алимент олиш ҳуқуқига эга бўлган шахс, алимент талаб қилиш ҳуқуқи вужудга келганидан сўнг қанча муддат ўтганидан қатъи назар, хоҳлаган вақтда алимент ундириш тўғрисидаги талаб билан судга мурожаат қилишга ҳақлидир.

Хулоса қиладиган бўлсак, сиз фуқаролик судига оталикни белгилаш ва алимент ундириш ҳақида даъво аризаси билан мурожаат қилишингиз лозим.

Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш марказ рахбари

                                      Ф.А. Ғофуров