Men turmush o`rtog`im bilan 20 yildan buyon yashab kelmoqda edim Oilaviy munosabatlarda kelishmovchilik bo`lganligi uchun nikohni tugatish uchun sudga murojat qildik, lekin sud bizning nikohimizni xaqiqiy emas deb topibdi. Nikohni haqiqiy emas deb topishga nimalar asos bo`ladi? Mavzusida, Yuridik markaz hodimlariga savollar kelmoqda.
Nikohni haqiqiy emas deb topish uchun bir nechta asoslari mavjud. O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga ko`ra, qonunda belgilangan shartlar buzilganda, ya`ni, nikoh tuzishning ixtiyoriyligi(O.K. 14modda), belgilangan yoshi buzilganda( O.K. 15 modda ), nikohga monelik qiladigon holatlar ro`y berganda (O.K. 16 moddasi) , soxta nikoh tuzilganda (O.K. 54-modda), ya`ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko`zlamay nikoh qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxlardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, Majburlab tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish (O.K.53-modda), uchun asos bo`ladi.
Bundan tashqari nikoh quyidagi holatlar bo`yicha ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin. A) yakka nikohlik buzilganda. B) nikoh nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ushgan va o`gay aka-ukalarbilan opa singillar o`rtasida tuzilgan nikoh. S) nikoh farzandlikka olgan shaxs bilan – farzandlikka olingan shaxslar o`rtasida tuzilganda. D) Nikohdan o`tish vaqtida oila qurish soxta bo`lsa masalan, ikkinchi tomonning mol-mulk va boylikka ega bo`lish ilinji. V) nikoh muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan bo`lsa.
Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Yuqoridagi asoslar mavjudligi Fuqarolik Sudi tomonidan aniqlanganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun Oila Kodeksda belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tug‘ilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolalarning huquqlariga ta’sir etmaydi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi. Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.
Kosonsoy tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshyuristkonsuli
J.K. Akramov






