Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat'i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.

Sudga murojaat qilish tartibi quyidagicha:

Eng avvalo, undiruvchi, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani yozishi kerak. Unda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilishi shart:

1) ariza berilayotgan sud nomi; 2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 4) undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar; 5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta'minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to‘lashi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning hisobidan unga o‘tkazishi shart.

Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Oila kodeksiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarga to‘lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi.

Agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta'minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart.

Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat'iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladin.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig`i

                                      F.G`ofurov

Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas. Biroq mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra,  aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.

 

Ya’ni aliment majburiyati mavjud bo‘lgan xodimning 70 foizgacha oyligidan ushlash mumkin.

.

 

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                            R.J.Xalilov

  • respublika darajasida – respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Agentlik markaziy apparati hamda Agentlik huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari
  • hududiy darajada – hududiy komissiyalar aʼzolari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari
  • tumanlar va shaharlar darajasida – tuman va shahar statistika boʻlimlari, tuman va shahar roʻyxatga olish boʻlimlari hamda roʻyxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari

Roʻyxatga olish ushastkalari, instruktorlik uchastkalari va roʻyxatga oluvchi xodimlarni ushbu jarayonga tayyorlash bosqichlari

  • Aholini roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga olish hujjatlari tarkibi va uni toʻldirish tartibi, shuningdek, roʻyxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalari boʻyicha mashgʻulotlar.
  • Planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish varagʻi shakllarini toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni markaziy maʼlumotlar bazasiga yuklash va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mashgʻulotlar
  • Texnika xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar
  • Respondentlar soʻrovini oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar
  • Oʻqish yakunida xodimlarning bilimlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha test sinovlarini tashkil etish
  • Oʻqish jarayonlari tugagandan soʻng xodimlarga maxsus guvohnoma, maxsus kiyim, roʻyxatga olish instrumentlari (planshet, maxsus sumka va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari) va kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanadi.

Bu vaziyatda sizning bir qancha huquqlaringiz buzilgan. Tushuntiramiz.

 

Fuqarolik kodeksining 408-moddasiga ko‘ra agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan bo‘lsa, tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovar topshirilgan sotib oluvchi ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi.

 

Tovarning butliligiga kiradigan qismi tegishli darajada sifatli bo‘lmasa, sotib oluvchi mazkur tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishga haqli.

 

E’tibor bering! Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sotgan shaxs uni tayyorlagan bo‘lmasa, tovarni almashtirish yoki uning kamchiliklarini tekinga bartaraf etish haqidagi talablar sotuvchiga yoki tovarni tayyorlovchiga qo‘yilishi mumkin.

 

❗️Mazkur kodeksning 434-moddasiga binoan sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:

 

➖ xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;

 

➖ xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;

 

➖ tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;

 

➖ xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

 

➖ ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

 

Diqqat qiling! Tovar uchun to‘langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

 

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                   R.J.Xalilov

Oila kodeksiga asosan farzand uchun ota-ona teng huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4079-sonli qaroriga keltirilgan 1-ilova, ya’ni, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda keltirilicha, voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligii talab etiladi.

 

Lekin ota-onaning har ikkisi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga bevosita murojaat qilsalar notarial tasdiqlangan rozilik shart emas.

 

Ya’ni, farzand voyaga yetmagan bo‘lsa (18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa), xorijga chiqish uchun pasport olishda agar ota-ona birgalikda pasport olish punktiga tashrif buyursalar, notarial tasdiqlangan rozilik talab etilmaydi. Lekin pasportni olish uchun er xotin bilan birgalikda borolmasa, unda notarial tasdiqlangan rozilik so‘raladi.

 

Rozilik xati notarial idoralarga murojaat qilgan holda olinadi.

 

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                        T.A.Zokirjonov