Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas. Biroq mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.
Ya’ni aliment majburiyati mavjud bo‘lgan xodimning 70 foizgacha oyligidan ushlash mumkin.
.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
R.J.Xalilov






