Bu vaziyatda sizning bir qancha huquqlaringiz buzilgan. Tushuntiramiz.
Fuqarolik kodeksining 408-moddasiga ko‘ra agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan bo‘lsa, tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovar topshirilgan sotib oluvchi ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi.
Tovarning butliligiga kiradigan qismi tegishli darajada sifatli bo‘lmasa, sotib oluvchi mazkur tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishga haqli.
E’tibor bering! Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sotgan shaxs uni tayyorlagan bo‘lmasa, tovarni almashtirish yoki uning kamchiliklarini tekinga bartaraf etish haqidagi talablar sotuvchiga yoki tovarni tayyorlovchiga qo‘yilishi mumkin.
❗️Mazkur kodeksning 434-moddasiga binoan sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:
➖ xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
➖ xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
➖ tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
➖ xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
➖ ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Diqqat qiling! Tovar uchun to‘langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
R.J.Xalilov






