Oila kodeksiga asosan farzand uchun ota-ona teng huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4079-sonli qaroriga keltirilgan 1-ilova, ya’ni, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda keltirilicha, voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligii talab etiladi.
Lekin ota-onaning har ikkisi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga bevosita murojaat qilsalar notarial tasdiqlangan rozilik shart emas.
Ya’ni, farzand voyaga yetmagan bo‘lsa (18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa), xorijga chiqish uchun pasport olishda agar ota-ona birgalikda pasport olish punktiga tashrif buyursalar, notarial tasdiqlangan rozilik talab etilmaydi. Lekin pasportni olish uchun er xotin bilan birgalikda borolmasa, unda notarial tasdiqlangan rozilik so‘raladi.
Rozilik xati notarial idoralarga murojaat qilgan holda olinadi.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
T.A.Zokirjonov






