Янгиликлар
Косонсой тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли 31-сонли умумтаълим мактабида “2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-1-сон қарори ижроси юзасидан “Мактаб ўқувчиларини жиноят ва ҳуқуқбузарликларини олдини олиш чоралар самарадорлигини ошириш” мақсадида мактабнинг юқори синф ўқувчилари иштирокида давра суҳбати ўтказилди.
Тадбирда Косонсой тумани нуронийлар жамғармаси раиси О.Қориев, Янги Ўзбекистон маҳалласи нуронийлар Кенгаши аъзоси С.Хўжаев, Янги Ўзбекистон маҳалласи профилактика инспектори А.Қўчқоров ҳамда бошқа меҳмонлар иштирок этдилар. Давра суҳбатида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олишни самарали тизими, қилиниши лозим бўлган асосий вазифалар ҳақида сўз юритилди.
Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlar tizimi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy maʼlumotlarni shakllantirish hamda aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.
Quyidagilar axborot tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadlari sifatida inobatga olingan:
- aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʻligʻini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
- aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylantirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;
- milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish;
- aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
- ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish.
Aholini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini oʻz ichiga olib, aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 – 30 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi.
Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʻrsatish boʻyicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish imkonini beradi. U aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qoʻyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, Yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari boʻyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.
Косонсой туманида “Зарбдор” тажрибаси асосида шакллантирилган “драйвер” лойиҳалар амалга оширилмоқда
Косонсой туманида 2025 йил давомида “Зарбдор тажрибаси” асосида жами 5 та умумий қиймати 110,5 млрд.сўм бўлган драйвер лойиҳаларни амалга ошириш ҳисобига 1 360 та янги иш ўринларини яратиш белгилаб олиниб ҳамда чора-тадбирлар Дастури тасдиқланган.
Шундан, Саноат йўналишида 2 та, Қишлоқ хўжалиги йўналишида 1 та, Савдо ва хизмат сохасида 2 та лойиҳалар ишлаб чиқилган.
Биринчи босқичда Алишер Навоий ва Меъмор кўчалари кечишмасининг 2 км қисмини (Алишер Навоий кўчаси 0,8 км ва Меъмор кўчаси 1,2 км) 24/7 режимда ишлайдиган кўчага айлантириш. Бунда пиёдалар ва велосипед йўлаги, чиқинди қутиси, кўча чироқлари ўрнатиш ва ўриндиқлар ўрнатиш учун Республика бюджетидан 790,0 млн.сўм маблағ ажратилди.
Махдуми Аъзам маҳалласи ҳудудида жойлашган кўлга (Косонсой сойидан сув олувчи) олиб борувчи ва унинг атрофидаги инфратузилмани яхшилаш орқали ҳудудда сув бўйи дам олиш, савдо ва хизмат кўрсатиш лойиҳаларини ташкил этиш. Бунда кўча чироқлари ўрнатиш, чиқинди қутиси, ва асфальтлаш қилиш учун 1 360,0 млн.сўм ажратилган. Бугунги кунда бушбу худудларда ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда.
🔰Қарорга кўра, барча турдаги қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларни ижарага беришда 2025 йил 11 мартдан қуйидаги тартиблар жорий этилади:
🔹электрон онлайн аукцион савдосини ўтказиш тўғрисидаги хабарномани эълон қилиш муддати 15 кундан 5 кунга, такрорий савдоларда – 5 кундан 1 кунга қисқартирилади;
🔹такрорий савдоларда фақат бир нафар талабгордан ариза келиб тушган тақдирда, унга ушбу савдода эълон қилинган нархда лотни ихтиёрий сотиб олиш таклиф этилади;
🔹ҳар такрорий савдода лот нархи 10 фоиздан босқичма-босқич бошланғич нархнинг 20 фоизига тушганига қадар пасайтирилади.
🗓 2025 йил 1 апрелдан аукцион савдоларида ер участкасига ижара ҳуқуқини олиш учун тўловларни бўлиб-бўлиб тўлаш ва тўлов тўлиқ тўланганда чегирма бериш тартиби бекор қилинади, ушбу тўловлар 15 иш куни ичида тўлиқ тўланиши шартлиги белгиланди.
✳️ 2025–2026 йилларда аукцион савдоларига чиқариладиган қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерлар жами майдонининг ўртача 10–20 фоизи чорва учун озуқа экинларини экиш шарти билан савдога чиқарилади.
Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.













