Янгиликлар
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining raisi A.Narzulayev tomonidan “Tagijar” mahallasida Jinoyat Kodeksining 1261-moddasida ko‘rsatilgan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyati va uni oldini olish mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining raisi A.Narzulayev tomonidan “Gulobod” mahallasida Jinoyat Kodeksining 116-moddasida ko‘rsatilgan shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga oid jinoyatlar va uning oqibatlari, javobgarlik mavsusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad nima?• Mamlakatda aholining soni, yoshi, jinsi, kasbi, yashash sharoitlari haqida to‘liq ma’lumot olish.• Davlatning sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha rejalarini to‘g‘ri tuzishga yordam berish. Aholi nima qilishi kerak?✅ Ro‘yxatga oluvchi kelganda uni kutib oling, maxsus guvohnomasi bilan tanishing, savollariga ochiq va to‘g‘ri javob bering. ✅ Barcha oila a’zolaringiz haqida ma’lumot tayyorlab qo‘ying (ism, tug‘ilgan yil, pasport raqami)
✅ Faqat bir marta ro‘yxatga o‘ting – takror ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarni buzadi.✅ Hech qanday to‘lov talab qilinmaydi – bu davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi. ⚠️ E’tibor bering!• Siz bergan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistika uchun ishlatiladi.
📣 Keling, jamiyat ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik!
✅ Kelajakni birga quraylik!
O‘ylab ko‘ring: siz yashayotgan mahallada maktab yetishmaydi, shifokorlar kam, transport qatnovi kamdan-kam. Shu muammolarning asosiy sababi nimada deb o‘ylaysiz?Yechim shunda: aholini ro‘yxatga olish!Bu qanday foyda beradi?🏥 1. Shifoxona kerakmi? Shahar yoki qishloq bo‘lishi farq qilmaydi!Agar aholining soni, yoshi va sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumot bo‘lsa, qayerga qanday shifoxona kerakligi aniqlanadi. Masalan, keksalar ko‘p yashaydigan hududga yurak va qandli diabet shifoxonasi kerak. Bolalar ko‘p bo‘lsa – pediatrlar soni oshiriladi.📚 2. Bolalar maktabda siqilib o‘tiryaptimi?Ro‘yxatga olish orqali yoshlar soni, maktabga boradiganlar soni ma’lum bo‘ladi. Natijada, yangidan maktablar quriladi, o‘qituvchilar soni ko‘paytiriladi. Har bir bola qulay sharoitda o‘qiydi.🚌 3. Jamoat transporti kammi?Aholining zichligi va harakatlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shunga qarab avtobuslar soni ko‘paytiriladi, yangi yo‘nalishlar ochiladi. Ro‘yxatga olish sizga tezroq va qulayroq manzilingizga yetib borish imkonini beradi.💸 4. Davlat yordamidan kimlar foydalanadi?Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar haqida aniq ma’lumot kerak. Ro‘yxatga olish orqali yordam kimga kerakligini aniqlash osonlashadi, yordam bevosita sizga keladi.🏘 5. Yangi uylar, yangi imkoniyatlar!Aholi soni oshsa – uy-joyga ehtiyoj ham oshadi. Ro‘yxatga olish bu ehtiyojni aniq ko‘rsatadi. Yangi uylar, arzon ipoteka loyihalari – barchasi sizning ishtirokingizga bog‘liq.Bu jarayon xavfsiz va maxfiy!Siz haqingizdagi ma’lumotlar hech qayerda e’lon qilinmaydi. Faqat raqamlar sifatida qayd etiladi. Ismingiz, manzilingiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz maxfiy saqlanadi.
Xulosa: bu ish sizsiz bo‘lmaydi!Siz ro‘yxatdan o‘tsangiz – davlat sizning qayerda, qanday yashayotganingizni biladi. Bu esa siz uchun qulaylik, farzandlaringiz uchun imkoniyat, mahallangiz uchun yangi infratuzilma demakdir!________________________________________📣 Ro‘yxatga olish bu – siz uchun, oilangiz uchun, kelajagingiz uchun!Mustaqillikda ilk bor o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Aholini ro'yxatga olish tadbirida faol ishtirok eting!!
Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси ва Корея Республикасининг “Statistics Korea” идораси ўртасида 2025–2028 йилларга мўлжалланган “Статистика салоҳиятини ошириш” лойиҳаси доирасида муҳим ҳамкорлик бошланди. Корея ҳукуматининг ривожланишга расмий ёрдам дастури (ODA) доирасида 3,8 миллион АҚШ доллари миқдоридаги грант асосида молиялаштириладиган ушбу лойиҳа мамлакатимизда статистика тизимини модернизация қилиш, рақамли технологиялар ва халқаро тажрибаларни жорий этишга қаратилган.
Айни пайтда Корея статистика идораси вакиллари Миллий статистика қўмитасига ташриф буюриб, лойиҳа доирасидаги якуний йўналишларни муҳокама қилмоқда. Муҳокамаларда кадрлар малакасини оширишга алоҳида эътибор берилди. Бу йўналишда Миллий статистика қўмитаси ходимлари учун Корея ва Ўзбекистонда ўқув курслари ташкил этилади, шунингдек, Кадрлар малакасини ошириш ва статистик тадқиқотлар институтида компьютер ва аудио қурилмалар билан жиҳозланган замонавий ўқув хоналари ташкил этилади.
Лойиҳа доирасида CATI (компьютер ёрдамида телефон орқали интервью ўтказиш) тизими жорий этилади, бу эса танланма кузатувларни тезкор ва аниқ амалга ошириш имконини беради.
Шунингдек, маъмурий маълумотлар базаларини бошқариш тизими яратилиб, давлат органлари ўртасида маълумотлар интеграцияси таъминланади ва статистик таҳлиллар автоматлаштирилган, ишончли платформаларда амалга оширилади.
Ушбу лойиҳа Ўзбекистон статистика тизимига инновация ва юқори технологияларни жорий этиш, соҳани халқаро андозаларга мос равишда ривожлантиришга хизмат қилади.









