Til xalqning, millatning tarixi va madaniyatini oʻzida mujassam etadi. Ayni vaqtda u jamiyatni rivojlantirish omili, millatning ajralmas xususiyati va davlatning suverenligini koʻrsatuvchi belgilardan biridir.
Shu maʼnoda bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz toʻrt yilligi hamda “Oʻzbek tili bayrami” kuni keng nishonlanmoqda. Kosonsoy tumanidagi 4-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Kosonsoy tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamkorligida “Qadring baland boʻlsin ona tilim!” shiori ostidagi bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda soʻz olganlar, ona tilimizning buyukligi, boyligi, betakrorligi va oʻziga xos fazilatlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Shuningdek, bayram tadbirida 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining yosh ijodkor oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, taniqli ijodkorlar Aʼzamjon Mamajonov hamda Abdunabi Mamajonovlarning chiqishlari yigʻilganlarga koʻtarinkilik baxsh etdi.






