Davlat dasturi loyihasida (https://regulation.gov.uz/oz/d/76071) 2023-yilning avgust oyiga qadar professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

☑️ Unga ko‘ra:

➖ kollej va texnikumlarga oʻquvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etiladi;

➖ texnikumlarda mutaxassislik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkaziladi;

➖ xususiy sektorning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yoʻlga qoʻyiladi.

Ma’lumot uchun professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga asosan amalga oshiriladi (https://t.me/uztdi/6195).