Янгиликлар
Yuridik xizmat koʼrsatish markazlarining afzalliklari
Маълумки O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining (keyingi o‘rinlarda – Markazlar) asosiy vazifalaridan biri etib yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini taʼminlab kelinmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish markazlari Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida eksperiment tariqasida tashkil etildi;
Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil qilish orqali respublikada qariyb 40 mlrd. so`mdan ortiq byudjet mablag`lari iqtisod qilinadi;
Yuridik xizmatlar ko`rsatish markazlari davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bo`ysunmaydi, ular to`la mustaqil faoliyat olib boradi;
Natijada davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta`minlash sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tariladi;
Yuridik xizmatlar tashkilotlarda birgina mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta`minlay olmaganliklari sababli, 2018-2019 yillarda sudlar tomonidan noqonuniy ishdan bo`shatilgan 1082 ta fuqaro ishga tiklangan, 1572 nafar shaxsga ish haqi undirib berilgan. Buning oqibatida, birgina davlat boji uchun o`rta hisobda 800 mln so`mdan ortiq byudjet mablag`lari sarflangan.
Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etish orqali ular faoliyatiga taalluqli bo`lmagan funksiya va vazifalar olib tashlanadi va markaz xodimlariga yuklangan vazifalar samarali bajarishi ta`minlanadi;
🔹Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari adliya bo`limlari huzurida tashkil qilinayotganligi sababli, tuman darajasidagi yuridik xizmatlar faoliyatini o`rganish, tekshirish zarurati qolmaydi. Bevosita nazorat vujudga keladi;
🔹Markazlar faoliyati zamonaviy IT texnologiyalari bilan to`liq ta`minlandi hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan o`zaro hujjat almashinuvi yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishiga erishildi.
Yangiqoʼrgʼon tuman yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuristkonsulti Sh.I.Mirzaaxmedov






