Kosonsoy tuman 3-son politexnikumida "Yangi O‘zbekiston - ma‘rifatli jamiyat " mavzusida ustoz Qurbonova Hulkar tomonidan ma‘naviyat soati o‘tkazildi. "Yangi O‘zbekiston — bu taraqqiyot, bunyodkorlik, inson qadri va adolat ustuvor bo‘lgan zamonaviy jamiyat timsoli ekanligi ta‘kidlandi.
Ma’naviy bo‘shliq – har qanday salbiy g‘oyaning ildiz otishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham ma’rifat orqali ekstremizm va jaholatga qarshi kurashish — bu bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yangi O‘zbekiston – bu avvalo inson qadri ulug‘lanadigan, bilim va ma’naviyat ustuvor bo‘lgan jamiyatdir. Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston – bu avvalo ma’rifatli jamiyatdir” degan fikri bugungi taraqqiyot yo‘limizni belgilab berayotgani, har bir o‘quvchi yoshlar bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi zarurligi tushuntirildi.






