Jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining raisi A.Narzulayev tomonidan “Bo`ston” mahallasida Jinoyat Kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishga oid jinoyatlar va uning oqibatlari, javobgarlik mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.