Kosonsoy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida sog‘lom avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida navbatdagi sport sinovlari yuqori saviyada tashkil etildi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari ayni vaqtda 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ular besh turdagi jismoniy mashqlar bo‘yicha o‘z kuch va chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Sinov mashqlari bolalarning yoshiga mos, xavfsiz va ularning umumiy jismoniy holatini baholashga yo‘naltirilgan.

Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarni muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.