Kosonsoy tuman Tibbiyot birlashmasida Vаzirlаr Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 20-son bayoni 7-ilovasi 20-bandi asosida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Tibbiyot birlashmasining bolalar bo'limida va ichki kasalliklar bo'limlari o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish hujjatlarini holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish xolatlarini oldini olish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.






