Aksiyaga start berilganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq, ammo undan manfaat topayotgan fuqarolar talaygina. Ayni vaqtda viloyatning barcha hududlarida amalda boʻlib turgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi fuqarolarning ogʻirini yengil, muammoga duch kelayotgan ishlarini yechimiga hizmat qilayotgani tabiiy albatta.

Kosonsoy tuman Adliya bo'limi xodimlari tomoidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 80-sonli farmonini ijrosi yuzasidan Kososnoy tuman "Navbahor-1" mahallasida uyma-uy yurish orqali 1933-yilda tug'ilgan fuqaro Holikova Sanobar buvining tug'ulganlik guvohnomasi mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur holat Kosonsoy tuman adliya bo'limi ish yurituviga olinib FHDYo bo'limi tomonidan fuqaro Holikova Sanobar buviga 94 yoshlarida tug'ulganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi