Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatanbazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi   va aybdor:

-75 mln soʻmdan 150 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

-300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

-2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

-1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab, ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda, xavfli retsidivist tomonidan, gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

-112 mln soʻmdan 187 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

-360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

-1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig`i

                                      F.G`ofurov